Bugun 19 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Eron rasmiylari Ali Xomanaiyning og‘ir bemor ekani haqidagi xabarlarni rad etdi

Eron rasmiylari Ali Xomanaiyning og‘ir bemor ekani haqidagi xabarlarni rad etdi

Eron ommaviy axborot vositalari va xususan, IRNA axborot agentligi 17 noyabr kuni Islom Inqilobi oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy peyjer portlashi natijasida jarohat olgan Eronning Bayrutdagi elchisi Mojtaba Amani bilan uchrashganini ma’lum qildi.

Chap ko‘zi jarohatlangan diplomat davlat rahbariga sog‘lig‘i haqida so‘zlab bergan. Ma’lum qilinishicha, u tez orada Livanga qaytib, o‘z vazifasini davom ettiradi.

Avvalroq ko‘plab ommaviy axborot vositalari Eron yetakchisining komada ekani, ahvoli og‘irligini ma’lum qilgandi. Ushbu xabarlar fonida uning ehtimoliy vorisi masalasi ham muhokama qilinayotgani aytilgandi.

Jumladan, Iran Internatsional telekanali Eronning amaldagi rahbari Ali Xomanaiyning o‘g‘li Mujtabo Xomanaiy mahfiy ravishda uning o‘rniga o‘rinbosar etib saylanganini bildirdi.

Kiritildi: 21:00 18.11.2024. O'qildi: 322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!