Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Eron qurg‘oqchilikka qarshi “bulut ekish”ni boshladi

Eron qurg‘oqchilikka qarshi “bulut ekish”ni boshladi

Eronda kuchli qurg‘oqchilik sabab yog‘ingarchilik me’yordan 89% ga kamaygan. Shuning uchun hukumat “bulut ekish” — samolyotlar orqali bulutlarga kimyoviy modda purkab yomg‘ir chaqirish amaliyotini boshladi.

Operasiyalar avval Urmiya ko‘li havzasida o‘tkazildi, keyin G‘arbiy va Sharqiy Ozarbayjon viloyatlarida davom etadi.

Bu jarayon may oyining o‘rtalarigacha amalga oshirilishi mumkin. Eronda suv tanqisligi kuchayib, hatto Tehronda ham ichimlik suviga oid xavotirlar ortmoqda.

Kiritildi: 16:54 18.11.2025. O'qildi: 1134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!