Eron Islom Respublikasi prezidenti Masud Pezeshkian mamlakatning AQSh oldida kapitulyasiya qilishi (taslim bo‘lishi) mumkin emasligini ta’kidladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Vashington bir vaqtning o‘zida Tehronga nisbatan «maksimal bosim» siyosatini olib bormoqda va shu bilan birga, Eronning muzokaralar stoliga kelib, taslim bo‘lishini kutmoqda.
«Biroq, bunday tenglamaning amalga oshishi imkonsiz va reallikka to‘g‘ri kelmaydi», — dedi Masud Pezeshkian.
Eslatib o‘tamiz, AQSh va Eron o‘rtasidagi munosabatlar sanksiyalar va yadro dasturi atrofidagi kelishmovchiliklar sababli anchadan buyon keskinligicha qolmoqda. Pezeshkian ma’muriyati Eron o‘z milliy manfaatlaridan voz kechmagan holda tashqi siyosat yuritishini bir necha bor ta’kidlagan.