Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron prezidenti shaxsan norozilik namoyishlari qatnashchilari bilan uchrashdi

Eron prezidenti shaxsan norozilik namoyishlari qatnashchilari bilan uchrashdi

Eron prezidenti Masud Pezeshkian shaxsan mamlakatdagi norozilik namoyishlari qatnashchilari bilan uchrashdi.

Bu haqda Eron TIV vaziri Abbas Arag‘chi Al Jazeera bilan suhbatda ma’lum qildi.

«Hukumat namoyishlarni e’tirof qildi va norozilikchilar vakillari bilan muzokaralar olib bordi, prezident ular bilan uchrashdi», — dedi Arag‘chi.

Eslatib o‘tamiz, Erondagi norozilik namoyishlari 2025 yil dekabri oxirida mahalliy valyuta kursi keskin tushishi va chakana tovar narxlarining oshishi sababli boshlangan edi. Keyinchalik, mamlakatning bir qator shaharlaridagi namoyishlar tartibsizliklarga aylangan va polisiya bilan namoyishchilar orasidagi to‘qnashuvlarda yuzlab odam halok bo‘lgan.

Kiritildi: 08:20 13.01.2026. O'qildi: 1943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!