Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Eron Prezidenti Ibrohim Raisidan alohida maktub oldi.
Bu haqda Saudiya Arabistoni OAVlari xabar tarqatdi, deb yozadi “Report” .
Xabar berishlaricha, maktublarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish alohida ta’kidlangan.
Saudia Press agentligi xabariga ko‘ra, maktublar Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Valid Al-Xurajiyga Eronning Ar-Riyoddagi elchisi Alirizo Enayat bilan uchrashuv chog‘ida berilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda tomonlar o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar uzilgan edi. Bunga Saudiya Arabistonida shia ulamosining qatl etilishi va undan keyin Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasi va Mashhaddagi konsulligiga qilingan hujum sabab bo‘lgan.