Bayonotda ta’kidlanishicha, barcha qurbonlar mamlakat fuqarolari bo‘lib, ularning o‘limi “statistika” sifatida ko‘rilmasligi lozim.
Shuningdek, ba’zi qurbonlar shaxsi aniqlanmaganligi sababli ro‘yxat to‘liq e’lon qilinmagani bildirilgan.
Avvalroq Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi mamlakatdagi namoyishlarda 3 117 kishi halok bo‘lganini e’lon qilgandi. Aroqchi qurbonlarning 2 427 nafari tinch aholi va xavfsizlik kuchlari xodimlari, 690 nafari esa “terrorchilar” ekanini bildirgan.
HRANA inson huquqlari tashkiloti esa Erondagi norozilik namoyishlari vaqtida halok bo‘lganlar soni 23 ming kishidan oshganini, shundan 6126 nafar o‘lim holati tasdiqlangani, yana 17091 ta holat bo‘yicha o‘lim sabablari yuzasidan surishtiruv ishlari davom etayotganini ma’lum qilgan edi.