Eron hukumati Livan xalqiga hamdardlik bildirib, Isroil havo kuchlarining Beyrut janubidagi "Hizbulloh"ning yerosti qarorgohiga bergan zarbasi ortidan tegishli choralar ko‘rishini ma’lum qildi.
Bu haqda Eron Islom Respublikasi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ma’lum qildi, deb xabar beradi Tasnim agentligi.
“Eron Islom Respublikasi hukumati sionistlarning so‘nggi jinoyati yuzasidan chora ko‘radi va har doim Livan xalqi tarafida bo‘ladi”, - dedi Eron prezidenti.
Shuningdek, Eron prezidenti hujum oqibatida halok bo‘lgan va yaralangan barcha insonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va voqeani "urush jinoyati" deb atadi.