Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron prezidenti Isroil hujumiga javob qaytarishga va’da berdi

A A A
Eron prezidenti Isroil hujumiga javob qaytarishga va’da berdi

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Isroil armiyasining havo hujumiga javob qaytarishga va’da berdi. Bu haqda ISNA xabar berdi.

Biz urushni istamaymiz, ammo millatimiz huquqlarini himoya qilib, o‘zimizni mudofaa qilamiz. Sionistik rejimning tajovuziga javob qaytaramiz, dedi Pezeshkiyon.

U Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lgan to‘rt nafar askar va o‘n nafar polisiyachining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Eron farzandlari vatanni himoya qilish uchun jonini fido qildi. Armiyaning jasur askarlari, ularning oilalari va qahramon xalqiga hamdardlik bildiraman. Eronning dushmanlari bilishi kerakki, bu jasur xalq qo‘rqmasdan o‘z yerlarini himoya qilishga va har qanday ahmoqlikka donolik va aql bilan javob qaytarishga tayyor, dedi siyosatchi.

Kiritildi: 10:58 28.10.2024. O'qildi: 1646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!