Tehron mintaqaviy tinchlikka sodiq, ammo kelajakda AQSh va Isroildan tajovuz qilmaslikning qat’iy kafolatlarini talab qiladi.
Bu haqda Eron prezidenti Masud Pezeshkian ijtimoiy tarmoqlarda yozgan.
"Rossiya va Pokiston rahbarlari bilan muzokaralar davomida men Eronning mintaqada tinchlikka sodiqligini yana bir bor tasdiqladim. Isroil va AQSh tomonidan boshlangan bu urushga chek qo‘yishning yagona yo‘li Eronning qonuniy huquqlarini tan olish, tovon puli to‘lash va tajovuzning takrorlanmasligiga qat’iy xalqaro kafolatlar berishdir", deyiladi nashrda.
Eslatib o‘tamiz, 10 mart kuni Rossiya va Eron prezidentlari Vladimir Putin va Masud Pezeshkian telefon orqali suhbatlashishdi.