Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron prezidenti AQSh harbiy bazalari joylashgan Fors ko‘rfazi davlatlarini ogohlantirdi

Eron prezidenti AQSh harbiy bazalari joylashgan Fors ko‘rfazi davlatlarini ogohlantirdi

Mas’ud Pizishkiyon qo‘shni davlatlarni yana bir bor Qo‘shma Shtatlar ularning hududidan hujumlar uchun foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chqirdi

"Biz Eron oldindan ogohlantirmasdan hujum qilmasligini ko‘p marta aytganmiz, ammo infratuzilmamiz yoki iqtisodiy markazlarimiz nishonga olinsa, biz qattiq javob qaytaramiz. Mintaqa mamlakatlariga qarata aytaman: agar taraqqiyot va xavfsizlikni istasangiz, dushmanlarimizga sizning hududlaringizdan turib urush olib borishiga yo‘l qo‘ymang", — dedi prezident.

Mas’ud Pizishkiyon avval ham qo‘shni davlatlarga shunday ogohlantirish bilan chiqqan edi. 25 mart kuni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Qo‘shma Shtatlardan uzoqlashishga chaqirgandi.

Kiritildi: Bugun 16:35. O'qildi: 613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!