Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Eron ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llash niyati yo‘qligini ma’lum qildi

Eron ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llash niyati yo‘qligini ma’lum qildi

Eron ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanmaslik siyosatiga amal qilishini tasdiqladi. Bu haqda Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Esmoil Bagai ma’lum qildi, deb yozadi TASS

"Eron Islom Respublikasining siyosati ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llashdan qat’iy voz kechishdir. Bu oliy rahnamo oyatulloh Ali Xomanaiyning qaroriga asoslanadi. Eron va xorijiy matbuotda Tehron yadroviy doktrinasi o‘zgarishi haqidagi bahslar bu pozisiyaga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi va Eron har doim mudofaa doktrinasiga asoslangan siyosatga amal qiladi”, - dedi Bagai telekanallar tomonidan efirga uzatilgan brifingda.

Eslatib o‘tamiz, 9 oktyabr kuni Eron parlamenti a’zosi Hasanali Ehlaki Amiriy 39 nafar deputatdan iborat guruh Eron Milliy xavfsizlik Oliy kengashiga Isroil tomonidan tahdid tufayli mudofaa doktrinasi qayta ko‘rib chiqish va yadroviy qurol yaratishga ruxsat berish bo‘yicha rasmiy maktub yuborganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 23:25 22.10.2024. O'qildi: 345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!