Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Eron oliy rahbari Isroilga hujum qilishni buyurdi

Eron oliy rahbari Isroilga hujum qilishni buyurdi

Eron oliy rahbari Hamas rahbari Haniya o‘ldirilganidan so‘ng Isroilga hujum qilishni buyurdi.

Eron Tel-Aviv va Hayfani bombalamoqchi.

Eron Tel-Aviv va Xayfa hududidagi harbiy nishonlarga dronlar va raketalar bilan birgalikda hujum qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi The New York Times manbalarga tayanib.

Nashrning qayd etishicha, eronliklar tinch aholi manzillariga hujum qilishdan qochishga harakat qiladi. Nashrning yozishicha, Tehron Yaman, Suriya va Iroqdagi ittifoqchi kuchlarni jalb qilishi mumkin.

NYT suhbatdoshlariga ko‘ra, Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy Yaqin Sharqdagi mojaroning kengayishi, jumladan Isroil va AQShning Eronga ehtimoliy hujumlariga tayyorgarlik ko‘rishni buyurgan.

Shuningdek, Eron yetakchisi Ali Xomanaiy Ismoil Haniyaning yo‘q qilinishiga javoban Isroilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilishni buyurgan.

Kiritildi: 11:45 01.08.2024. O'qildi: 3979 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!