Sharqshunos Kirill Semenovga ko‘ra, Eron ko‘plab NATO davlatlari bilan hamkorlik qilishga tayyor.
Uning ta’kidlashicha, Tehron do‘stona mamlakatlar bilan kemalarning Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishi bo‘yicha kelishuvlar tuzishi mumkin. Bunda davlatning NATO a’zosi ekani hal qiluvchi omil emas.
Masalan, Turkiya yoki ayrim Yevropa davlatlari bilan muzokaralar olib borish va ularning kemalariga ruxsat berish ehtimoli bor. Biroq bu davlatlar Eronga qarshi harbiy harakatlarda ishtirok etmasligi shart.
Shu bilan birga, ekspert o‘tish uchun to‘lov masalasini muhokama qilishga hali erta ekanini qayd etdi. Uning aytishicha, bu jarayon nafaqat Eron, balki Ummon tomonidan ham tartibga solinadi.