Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Eron Milliy xavfsizlik kengashi o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirgani haqida bayonot e’lon qildi

Eron Milliy xavfsizlik kengashi o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirgani haqida bayonot e’lon qildi

Eron Oliy Milliy Xavfsizlik Kengashi kotibiyati bayonotida 12 kunlik urush davomida "har bir dushman fitnasiga keskin javob" berilgani va "xalqning mislsiz birligi" ta’kidlab o‘tilgan.

"Xalqning oqilona tutumi, dono rahbarlik va jangchilarimizning kurashi tufayli ilohiy in’om, yordam va g‘alaba, nasib etdi. Bu dushmanni pushaymon bo‘lishga, mag‘lubiyatini tan olishga va bir tomonlama hujumni to‘xtatishga majbur qildi", deyiladi bayonotda.

Milliy xavfsizlik kengashi, shuningdek, "dushmanlarning so‘zlariga zarracha ishonmasligini" va har qanday tajovuzkor harakatga "keskin va hal qiluvchi javob berishga" tayyor ekanini qayd etgan.

Kiritildi: 15:53 24.06.2025. O'qildi: 509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!