Eron milliy valyutasini denominasiya qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda The Financial Times nashri xabar bermoqda.
"Parlamentning iqtisodiy qo‘mitasi allaqachon tegishli qonun loyihasining asosiy qismini ma’qullagan. Unga ko‘ra, rialdan to‘rtta nol olib tashlanadi, biroq uning nomi saqlanib qoladi. Yangi 1 rial = 10 000 eski rialga teng bo‘ladi", deya xabar bermoqda nashr.
Financial Timesning yozishicha, nolni qisqartirish moliyaviy hisob-kitoblarni soddalashtiradi va banknotlar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi.
Bundan tashqari, nashrning qayd etishicha, muomalaga mayda tangalar — geran kiritiladi (1 yangi rial = 100 geran).