Bugun 1 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Eron maxsus xizmatlari tomonidan o‘g‘irlangan Jamshid Sharmahd kim?

Eron maxsus xizmatlari tomonidan o‘g‘irlangan Jamshid Sharmahd kim?

Germaniya Eronga mamlakat fuqarosi Jamshid Sharmahd qatl etilishiga javob sanksiyalar e’lon qildi. Sanksiyalar orasida Eronning Frankfurt, Myunxen va Gamburgdagi uchta bosh konsulliklarini yopish ham mavjud. Berlindagi elchixona esa faoliyatini davom ettiradi.

Bu choralar 32 ta konsullik xodimiga ta’sir qiladi, agar ular nemis fuqaroligiga ega bo‘lmasa, mamlakatni tark etishlari kerak.

Taggeschau nashrining yozishicha, Sharmaxdning qatl etilishiga bo‘lgan reaksiya kutilganidan ham qattiqroq bo‘ldi.

Sharmahd, Germaniya va Eron fuqaroligiga ega bo‘lib, u 2020 yilda Dubaydaligi vaqtida Eron maxsus xizmatlari tomonidan o‘g‘irlangan. Tehron uni terroristik deb tan olingan “Tondar” muxolifat guruhining yetakchisi sifatida ko‘rsatgan. 2023 yilda Eron Oliy sudi uni terrorizm aybi bilan o‘lim jazosiga hukm qilgan. Bu hukm Germaniya va Yevropa Ittifoqi tomonidan qat’iyan qoralangan. Sharmahd 28 oktabr kuni Eronda ertalab qatl etilgan.

Kiritildi: 22:24 31.10.2024. O'qildi: 622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!