Eron markazida joylashgan Qum viloyatida mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari va tartibsizliklar fonida qurollangan jangari terrorchilik hujumi uyushtirishga urindi.
Bu haqda Qum viloyati gubernatorining xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mortazo Haydariy ma’lum qildi.
Haydariyning ta’kidlashicha, "Eron dushmanlari, xususan, AQSh prezidenti va Isroil bosh vazirining harakatlari natijasida ba’zilar butun mamlakat bo‘ylab tartibsizlik ekishga intilmoqda". Haydariyning xabar berishicha, Qumda terrorchi guruhlarga aloqador qurollangan jangari granata bilan o‘tkinchilarni o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Biroq portlovchi qurilma uning qo‘lida portlab, halok bo‘lgan.