Bugun 10 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Eron ketma-ket raketa bazalarini barpo etmoqda

Eron ketma-ket raketa bazalarini barpo etmoqda

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) harbiy-dengiz kuchlari strategik janubiy suvlarda esmineslarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan qanotli raketalar joylashtirilgan yangi yer osti bazasini taqdim etdi, deb xabar bermoqda Mehr axborot agentligi.

Shanba kuni IIQK bosh qo‘mondoni general-mayor Husayn Salomiy Eronning janubiy qirg‘og‘idagi "raketa shahri"ga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida Salomiy yangi ob’ektda IIQK harbiy-dengiz kuchlari raketa bo‘linmalarining jangovar shayligini tekshirdi.

Er osti bazasida joylashtirilgan zamonaviylashtirilgan raketalar radioElektron kurash vositalari bilan ham jihozlangan bo‘lib, ularni qisqa muddatda ishga tushirish mumkin.

Bu IIQK bir oydan kamroq vaqt ichida ochgan uchinchi yer osti raketa bazasidir.

18 yanvar kuni IIQK harbiy-dengiz floti Fors ko‘rfazidagi noma’lum joyda yer osti harbiy-dengiz raketa bazasini namoyish etdi. Bundan oldin, 10 yanvar kuni IIQK havo-kosmik kuchlari yana bir yer osti raketa shahrini ochgan edi.

Eron o‘zining ballistik raketalarini AQSh va Isroilga qarshi muhim tiyib turuvchi omil ekanligini ta’kidlab, o‘z raketa dasturini muhokama qilishga yo‘l qo‘ymasligini qat’iy aytmoqda.

Kiritildi: 10:05 02.02.2025. O'qildi: 2724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!