Eronning janubiy qismida 5,2 magnitudali zilzila qayd etildi.
Bu haqda Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epimarkazi 352 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan Bandar-Abbos shahridan 158 km shimoli-sharqda joylashgan. O‘choq 10 km chuqurlikda joylashgan.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan.