Eron prezidenti Masud Pezeshkian 1 oktabr kuni Isroilga qilingan keng ko‘lamli raketa hujumidan so‘ng bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, operasiya Isroilning «Temir gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimining zaifligini yaqqol ko‘rsatdi.
«Kecha Eron Islom Respublikasi qurolli kuchlarining g‘ururli operasiyasi ularning [Isroilni nazarda tutadi – muharrir eslatmasi] maqtovga sazovor bo‘lgan Temir gumbaz shishadan ham mo‘rt ekanligini isbotladi», dedi Pezeshkian.
❕Eron rahbari o‘z mamlakati urushga intilmasligini, balki o‘z manfaatlarini «oxirigacha» himoya qilishga tayyorligini ta’kidladi.
✍️ Hujum Isroilning Livandagi harakatlariga va Hizbulloh yetakchisi Hasan Nasrullohning o‘ldirilishiga javob bo‘ldi. Isroil Eron «jiddiy xato» qilganini aytdi va qasos olishga va’da berdi.