Bu haqda Tasnim agentligi Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbariga tayanib xabar bermoqda.
Abdurahim Musaviyning so‘zlariga ko‘ra, Isroil hujumni aynan Eron "sabr-toqat ko‘rsatib, AQSh bilan muzokaralar olib borayotgan" paytda amalga oshirgan.
"Urushni biz boshlaganimiz yo‘q, lekin tajovuzkorga bor kuchimiz bilan javob qaytardik. Biz dushman o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha majburiyatlariga amal qilishiga ishonmayapmiz, shuning uchun agar yana tajovuz takrorlansa, unga yana qat’iy javob berishga tayyormiz", — deya ta’kidladi Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari.