Bugun 23 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘liq yopish bilan tahdid qilmoqda

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘liq yopish bilan tahdid qilmoqda

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp, agar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi 48 soat ichida ochilmasa, Erondagi barcha elektr stansiyalarini yo‘q qilish bilan tahdid qilgan edi.

"Agar Qo‘shma Shtatlarning Eron elektr stansiyalariga nisbatan tahdidlari amalga oshirilsa, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi to‘liq yopiladi va vayron qilingan elektr stansiyalarimiz tiklanmaguncha ochilmaydi", deyiladi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotida.

Bayonotda, shuningdek, Isroilning energetika va IT infratuzilmasiga hamda Yaqin Sharq mintaqasidagi AQSh bazalari joylashgan mamlakatlardagi elektr stansiyalariga va suvni chuchuklashtirish ob’ektlariga zarba berish tahdidi ham bildirilgan.

Shu bilan birga, Tehron rasmiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hozircha barcha kemalar uchun ochiq ekanini, faqat “Eron dushmanlari”ga aloqador bo‘lganlar bundan mustasno ekanini aytmoqda.

Kpler monitoring xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi uch haftada bo‘g‘oz orqali o‘tgan kemalar soni nisbatan ancha kam bo‘lib, urushdan oldingi hajmning taxminan besh foizini tashkil etgan.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!