Nashr manbalariga ko‘ra, endilikda Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining Jaskdan Katta Tomb va Siri orollarigacha bo‘lgan ancha keng qismini “maxsus nazorat ostidagi hudud”, deb hisoblamoqda.
Shu bilan birga, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Tehron ushbu mintaqadagi o‘z manfaatlariga nisbatan har qanday tajovuzga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi.