Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron Hurmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha rejaning yangi variantini vositachilar bilan muhokama qiladi

Eron Hurmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha rejaning yangi variantini vositachilar bilan muhokama qiladi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy va Eron delegasiyasi Nyu-Yorkda AQSh bilan muzokaralardagi vositachilar bilan uchrashuv o‘tkazadi. Tomonlar Hurmuz bo‘g‘ozi orqali kemalar qatnovini tiklash bo‘yicha so‘nggi takliflarni muhokama qiladi. Uchrashuvda AQSh vakillari ishtirok etmaydi, deb xabar bermoqda ISNA.

Avvalroq Tehron vositachilar orqali AQSh tomoniga Hurmuz bo‘g‘ozini ochish rejasini taqdim etgan edi. Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv doirasida, bir qator shartlar, jumladan, muzlatib qo‘yilgan Eron mablag‘lari va aktivlarini blokdan chiqarish evaziga kemalar qatnovini tiklashni taklif qilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp Tehronning taklifini qabul qilmaganini bildirgan. Shu bilan birga, ISNA ma’lumotlariga ko‘ra, vositachilar orqali xabarlar almashinuvi davom etmoqda. Aroqchiyning aytishicha, Vashingtonning yakuniy pozisiyasi hozircha vositachilar orqali Eronga yetkazilmagan.

«Bizning shartlarimiz aniq va Hurmuz bo‘g‘ozini ochish yo‘lidagi har qanday olg‘a siljish ana shu shartlarning bajarilishiga bog‘liq. Biz ulardan chekinmaymiz», — dedi Eron tashqi ishlar vaziri.

Kiritildi: 21:11 29.09.2026. O'qildi: 321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!