Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron hukumati namoyishchilarni qattiq jazo berilishidan ogohlantirdi

Eron hukumati namoyishchilarni qattiq jazo berilishidan ogohlantirdi

Mamlakat polisiyasi rahbari Ahmad-Rizo Radan davlat telekanali orqali chiqish qilib, hukumatga qarshi harakat qilayotganlar “dushman” sifatida baholanishi mumkinligini aytdi.

Rizoning ta’kidlashicha, bunday holatda xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga dushmanlarga nisbatan qanday munosabatda bo‘lsa, shunday munosabatda bo‘ladi.

Hozircha mamlakatda keng ko‘lamli ommaviy norozilik namoyishlari qayd etilmagan, ammo shu yil yanvar oyida Eronda bo‘lib o‘tgan yirik namoyishlar xavfsizlik kuchlari tomonidan qat’iy tarzda bostirilgan.

Huquq himoyachilari ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha voqealar davomida 50 mingdan ortiq odam hibsga olingan, ko‘plab faollar qiynoqqa solingan va 6,5 mingdan ortiq namoyishchi qatl qilingan.

Kiritildi: Bugun 13:01. O'qildi: 547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!