Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Eron hukumati hijob kiymagan ayollarni 10 yilga ozodlikdan mahrum qilishga imkon beradigan qonunni qabul qildi

A A A
Eron hukumati hijob kiymagan ayollarni 10 yilga ozodlikdan mahrum qilishga imkon beradigan qonunni qabul qildi

Eron parlamenti ayollarni islomiy kiyinish qoidalarini buzganliklari uchun 10 yilga ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi. Ko‘pchilik eronliklar bir yil avval mamlakatdagi hokimiyat va polisiya zulmiga qarshi norozilik namoyishlaridan so‘ng boshlarini yopishdan bosh tortgan, deb xabar beradi Kazinform BBC Newsga tayanib.

Qonun loyihasini parlamentning 152 nafar a’zosi ma’qullagan, 34 nafar deputat unga qarshi chiqqan, 7 nafar deputat esa betaraf qolgan.

Endi uni konstitusiyaviy nazorat organi – Vasiylar kengashi tasdiqlashi kerak, shundan so‘ng qonun to‘liq kuchga kiradi.

Yangi qonundan maqsad eronliklarning islomiy kiyinish qoidalariga rioya qilishlari ustidan nazoratni kuchaytirishdan iborat.

Endi rasmiylar fikriga ko‘ra, tashqi ko‘rinishi talablarga javob bermaydigan ayollar jarima to‘lashlari kerak, polisiya esa ularni hibsga olish huquqiga ega.

Kiritildi: 16:40 21.09.2023. O'qildi: 1272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!