Bugun 2 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron Hormuz bo‘g‘ozi yopilganin e’lon qildi

Eron Hormuz bo‘g‘ozi yopilganin e’lon qildi

Tehron Eron va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi yangilangan harbiy harakatlar fonida Hormuz bo‘g‘ozini yopganini e’lon qildi.

Bu haqda Eron parlamentining Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi vakili Ibrohim Rizoiy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, parlament a’zolari "Hormuz bo‘g‘ozi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha strategik tadbirlar" loyihasi doirasida bir qator talablarni ma’qullagan. Shartlarga ko‘ra, Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashishga faqat tranzit to‘lovlari va urush kompensasiyasi to‘langandan keyingina ruxsat beriladi.

"Qo‘shma Shtatlar bilan urush paytida Eronga har qanday zarar yetkazgan davlatlar Tehron bilan kompensasiya to‘g‘risida kelishuvga erishishlari kerak, aks holda ularga bo‘g‘oz orqali tranzit qilishga ruxsat berilmaydi", deyiladi bayonotda.

Kemalar, shuningdek, yo‘nalishga kirish uchun sug‘urta va bank kafolatini olishlari kerak.

Shuni ta’kidlash kerakki, bugun AQSh harbiylari Hormuz bo‘g‘ozidagi Eron nishonlariga qarshi keng ko‘lamli hujumlar uyushtirdi. O‘z navbatida, IIQK Eron Yaqin Sharqdagi AQSh bazalariga qarshi javob zarbalarini berganini xabar qildi.

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!