Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Eron Hindiston va Pokistonni yarashtirmoqchi

Eron Hindiston va Pokistonni yarashtirmoqchi

Eron Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi ziddiyatlarni hal qilish uchun vositachi sifatida o‘z xizmatlarini taklif qildi.

Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida Eron TIV rahbari Abbos Arakchi yozdi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi keskinlikning kuchayishi Kashmirdagi voqeadan keyin sodir bo‘ldi. Hindiston tomoni sodir bo‘lgan voqeada Pokiston hukumatini ayblamoqda. 22 aprel kuni Kashmirdagi Boysaron vodiysida noma’lum qurollangan shaxslar so‘qmoq bo‘ylab ko‘tarilayotgan sayyohlarga qarata o‘t ochgan.

Hujum oqibatida 25 dan ortiq sayyoh halok bo‘ldi. Hujum uchun javobgarlikni Pokistonda joylashgan Lashkar-e-Taiba (LeT) tashkiloti o‘z zimmasiga oldi.

Kiritildi: 20:15 25.04.2025. O'qildi: 874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!