Eron hukumati 25 iyundan boshlab mamlakat sharqidagi aeroportlar faoliyatini qayta tikladi.
Bu haqda Yo‘llar va shaharsozlik vazirligi rasmiy vakili Majid Axvon ma’lum qildi.
"Eron mamlakat sharqiy qismi osmonini ichki, xalqaro va tranzit parvozlar uchun ochdi", — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi davlat teleradiokompaniyasi.
Sabzevar, Mashhad, Birjand, Zabol, Zahedan, Saravon, Chabahor, Eronshahr, Saraxs, Gonobod, Jiroft va Jask aeroportlari faoliyatini tikladi.