Eron o‘z havo hududida parvozlarga qo‘yilgan taqiqni 22 martgacha uzaytirdi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakat havo hududi 22 mart kuni UTC vaqti bilan soat 08:30 gacha yopiq bo‘ladi.
Shu bilan birga, davlat, harbiy va tibbiy aviasiya parvozlari, shuningdek qidiruv-qutqaruv maqsadida amalga oshiriladigan reyslar uchun alohida ruxsatnoma asosida istisnolar bo‘lishi mumkin.