Bugun 6 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Eron harbiy sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi

Eron harbiy sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi

Eronning ikki bosqichli Simorgh raketasi 6 dekabr kuni ertalab mamlakat Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun qurilgan Fakhr-1 sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi.

Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda.

Sun’iy yo‘ldosh Imom Xomayniy kosmodromidan muvaffaqiyatli uchirildi. Fakhr-1 orbitaga Saman-1 yuqori bosqichi bilan birga chiqarildi, uning vazifasi sun’iy yo‘ldoshlarni yuqori orbitaga o‘tkazishdan iborat.

Qayd etilishicha, harbiy sun’iy yo‘ldoshning aksar komponentlari Eron kompaniyalari tomonidan loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, uchirish Eron kosmik sanoati uchun foydali yuk bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi, bu safar u 300 kg ga yetdi.

Eron kosmik dasturini 2004 yilda boshlagan. 1959 yilda tuzilgan BMTning Kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish qo‘mitasining 24 ta asoschi davlatlaridan biri.

Kiritildi: 16:13 06.12.2024. O'qildi: 759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!