Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Eron Qurolli kuchlari markaziy shtabi boshlig‘i "Xatam al-Anbiya" general Ali Shadmaniyning Isroil zarbalari natijasida olgan jarohatlari tufayli halok bo‘lganini tasdiqladi.
Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotida aytilgan.
Qayd etilishicha, Shadmaniy o‘tgan hafta Isroilning zarbasi natijasida og‘ir jarohatlar olib, vafot etgan.
17 iyun kuni Isroil armiyasi matbuot xizmati Shadmaniy Eronga berilgan tungi zarbalar chog‘ida yo‘q qilinganini ma’lum qildi.