Bu haqda Eron futbol federasiyasi prezidenti Mehdi Toj terma jamoaning Turkiyadagi yig‘ini oldidan jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Biz AQShni boykot qilamiz, ammo Jahon chempionatini boykot qilmaymiz", — dedi Toj.
Eron terma jamoasi guruh bosqichida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan bir guruhdan joy olgan. Rejaga ko‘ra, ushbu uchrashuvlarning barchasi AQSh hududida o‘tkazilishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi. Turinir AQSH, Kanada hamda Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Eron “G” guruhidan joy olgan bo‘lib, unda Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan birga o‘ynaydi. Guruh o‘yinlarining barchasi AQShda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.