Bugun 12 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Eron Yevropa Ittifoqi va NATO tahdidiga qarshi turish uchun Armanistonga qo‘shin kiritmoqchi

Eron Yevropa Ittifoqi va NATO tahdidiga qarshi turish uchun Armanistonga qo‘shin kiritmoqchi

Eron shimoliy chegaralarini mustahkamlash uchun Armanistonga o‘z armiyasini kiritishga tayyor, bu haqda Caliber nashri xabar bermoqda.

Armanistonda Yevropa Ittifoqi, AQSh va NATOning ta’siri kuchayishini Eron rasmiylari davlat xavfsizligiga tahdid sifatida baholamoqda.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mintaqaviy masalalarda tashqi aralashuvga qarshiligini va mavjud muammolarni mintaqa davlatlari o‘zaro hal qilib olishlarini ta’kidladi. Hozirda Ozarbayjon Eronga tahdid solishi mumkin bo‘lgan harbiy ittifoqlarda ishtirok etmasdan, mustaqil tashqi siyosat yuritishda davom etmoqda.

So‘nggi voqealarga ko‘ra, Armanistonning NATO va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi kuchayib borayotganligi sabab Tehron va Yerevan o‘rtasida bu hamkorliklarga qarshi harbiy kelishuv qabul qilinishi mumkin. Agar kelishuv amalga oshmasa ushbu tarangliklar natijasida mintaqada harbiy nizolarni ham kelib chiqishi ehtimoldan holi emas.

Kiritildi: 22:00 11.01.2025. O'qildi: 734 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!