Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Eron Yevropa bilan yadroviy muzokaralar boshlanganini e’lon qildi

Eron Yevropa bilan yadroviy muzokaralar boshlanganini e’lon qildi

29 noyabr kuni Eron uchta Yevropa davlati - Fransiya🇫🇷, Germaniya🇩🇪 va Buyuk Britaniya🇬🇧 vakillari bilan yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar olib boradi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. Yig‘ilish o‘tkazish qarori MAGATE Eronga qarshi rezolyusiya qabul qilganidan bir necha kun o‘tib qabul qilingan.

Britaniya, Fransiya, Germaniya va AQSh taklif qilgan rezolyusiyaga javoban Eron hukumati uranni boyitish uchun yangi ilg‘or sentrifugalarni ishga tushirganini e’lon qildi.

Yaponiyaning Kyodo agentligi xabariga ko‘ra, uchrashuv Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tadi.

❕ Eronning yuqori martabali mulozimlaridan biri uchrashuv juma kuni bo‘lib o‘tishini tasdiqladi va qo‘shimcha qildi: «Tehron har doim yadroviy muammo diplomatik yo‘l bilan hal qilinishi kerakligiga ishongan. Eron hech qachon muzokaralarni tark etmadi».

«Muzokaralarda turli mintaqaviy muammolar, jumladan, Falastin, Livan muammolari, shuningdek, yadroviy yo‘l muhokama qilinadi», dedi Bagay.

Kiritildi: Bugun 05:12. O'qildi: 321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!