Bugun 12 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron dronlari Iroq sohillaridagi ikkita tankerga hujum qildi

Eron dronlari Iroq sohillaridagi ikkita tankerga hujum qildi

Xorijiy kompaniyalarga tegishli ikkita tanker o‘qqa tutilishi ortidan yonib ketdi, deb xabar berdi Shafaq News portali. Hodisa Kuvayt bilan chegarada joylashgan strategik ahamiyatga ega Basra porti yaqinida qayd etilgan.

Taxminlarga ko‘ra, kemalar AQSh bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin, deya ta’kidladi jurnalistlar. Iroq rasmiylari bu ma’lumotga hozircha rasman izoh bermadi.

Keyinroq kemalardan 25 nafar ekipaj a’zosi muvaffaqiyatli evakuasiya qilingani ma’lum bo‘ldi. Qutqaruvchilar portlashlardan so‘ng darhol voqea joyiga yetib kelishdi.

Hujumni Eronning dengiz dronlari amalga oshirdi.

Iroq yaqin oradagi portlarda neft yuklash va eksportni to‘liq to‘xtatdi.

Mamlakat hukumati hujumni qoraladi, lekin neytrallikni saqlab, mojaroga qo‘shilmaslikka harakat qilishini bildirdi.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!