Eron delegasiyasi muzokaralarda ishtirok etish uchun Shveysariyaning Syurix shahriga yetib keldi.
Shveysariya Tashqi ishlar vazirligining ijtimoiy tarmoq sahifasida xabar berishicha, vazirlik Islom Respublikasidan vakillarning kelishini tasdiqladi va ularni kutib oldi.
Xabarda ta’kidlanishicha, Eron delegasiyasi Qo‘shma Shtatlar va Eron o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish doirasida Burgenshtokka tashrif buyurgan.
Avvalroq AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens ham Eron tomoni bilan muzokaralar olib borish uchun Shveysariyaga kelgani xabar qilingan edi. Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ham yuqori martabali delegasiya bilan birga mamlakatga tashrif buyurgan.