Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron­da hukumatga qarshi namoyishlarni kuch bilan bostirish oqibatida kamida 2 571 kishi halok bo‘lgan

Eron­da hukumatga qarshi namoyishlarni kuch bilan bostirish oqibatida kamida 2 571 kishi halok bo‘lgan

Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Nashrning mahalliy faollarga tayanib xabar berishicha, halok bo‘lganlarning 2 403 nafari namoyishlar ishtirokchilari, 147 nafari esa hukumatga aloqador shaxslar bo‘lgan. Shuningdek, 12 nafar bola hamda norozilik aksiyalarda qatnashmagan 9 nafar tinch aholi vakili ham halok bo‘lgan. 18 100 dan ortiq kishi hibsga olingan.

13 yanvar kuni eronliklar bir necha kundan so‘ng ilk bor xorijga qo‘ng‘iroq qilishga muvaffaq bo‘lgan. Eron hukumati bir necha kundan beri internet va aloqa tizimlarini o‘chirib qo‘ygan edi.

Iran International ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda 28 dekabrdan beri davom etayotgan namoyishlarda 12 mingdan ortiq odam qurbon bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 13:15. O'qildi: 413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!