Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Eron Bosh shtabi: AQSh Yaqin Sharqda xato qilsa, oqibatlar og‘ir bo‘ladi

Eron Bosh shtabi: AQSh Yaqin Sharqda xato qilsa, oqibatlar og‘ir bo‘ladi

Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi AQSh Yaqin Sharqda xatoga yo‘l qo‘ygan taqdirda Qo‘shma Shtatlarga "yangi Vyetnam va Afg‘oniston" bilan tahdid qildi.

"Eronning tinchliksevar va olijanob irodasi doimo mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga mos kelgan, Qo‘shma Shtatlarning mintaqadagi har qanday harakati esa Vyetnam va Afg‘oniston kabi oqibatlarga olib keladi," - deb Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi bayonotidan iqtibos keltiriadi IRNA.

Eron idorasi har qanday tahdid yoki g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarga qat’iyatlik va salohiyat bilan javob berishini ta’kidladi.

Kiritildi: 19:12 23.05.2025. O'qildi: 365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!