Donald Trampning boshqa bayonotlari:
◾️ Biz oyatulloh Ali Xominaiy ismli telbani to‘xtatishga majbur bo‘ldik. U unchalik ham oliy emas edi. Endi u yo‘q, bu juda achinarli;
◾️ Eronliklar ahmoq emas, aslida ular juda aqlli. Ularni yomon jangchilar, lekin zo‘r muzokarachilar;
◾️ Endi Eronning o‘zi ham mag‘lubiyatga uchraganini tan olmoqda. Shu sababdan ham ular biz bilan muloqot qilyapti, aks holda bunday qilmasdi;
◾️ Endi Eronda bitim tuzish imkoniyati bor, lekin bu ularning o‘ziga bog‘liq;
◾️ Kelishuvga erisha olamizmi yoki yo‘qmi ko‘ramiz. Agar ular to‘g‘ri harakat qilib, biz bilan bitim tuzsa, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochiladi;
◾️ Buyuk Britaniya Eronga qarshi amaliyotimizga aralashishni xohlamadi, biz ham ularning urushlariga aralashishni xohlamaymiz;
◾️ Buyuk Britaniyaning aviatashuvchi kemalari biznikilar bilan solishtirganda o‘yinchoq;
◾️ Ochig‘i, men neft narxlari ko‘proq oshadi deb o‘ylagandim va fond bozori ko‘proq tushishini kutgandim. Bu men o‘ylaganchalik jiddiy bo‘lmadi.