Amerikaliklar Eron bilan mojaro boshlanganidan beri yoqilg‘i uchun urush bo‘lmagan ssenariyga nisbatan 107 milliard dollar ko‘proq mablag‘ sarfladi.
Bu haqda The Wall Street Journal Braun universitetining Climate Solutions Lab laboratoriyasi hisob-kitoblariga tayanib xabar berdi.
«28 fevral — AQSh va Isroil Eronga ilk zarbalarni bergan kundan buyon qo‘shimcha xarajatlar kuniga o‘rtacha 500 million dollarga baholanmoqda», — deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, benzin va dizel yoqilg‘isi narxining oshishi ko‘plab amerikalik oilalarning kamroq jamg‘arma qilishiga va boshqa xarajatlarini qisqartirishiga olib kelgan.