Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Pentagon bu hafta AQSh Kongressiga shunday summa haqida ma’lum qildi.
AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy operasiyasining birinchi haftasi Vashingtonga taxminan 6 milliard dollarga tushdi, ammo bu mojaroda g‘alaba qanday ko‘rinishi noma’lumligicha qolmoqda, deb yozadi nashr.
Bu mablag‘lardan 4 milliard dollari asosan Eron raketa va dronlarini to‘xtatish tizimlari uchun o‘q-dorilarga sarflangan, deya yozmoqda nashr manbalariga tayanib.