Eron armiyasi Birlashgan Arab Amirliklaridagi Al-Minhad aviabazasiga va Quvaytdagi Ali as-Salim aviabazasiga raketa hujumlarini uyushtirdi.
Bu haqda Fars axborot agentligi Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga tayanib xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, IIQK havo kuchlari bazalariga ballistik raketalar va dronlar yordamida hujum qilgan.
"Eron orollariga hujumlar shu bazalardan amalga oshirilgan", deb tushuntirdi Eron harbiylari.