Yaqin Sharqdagi keskinlik, xususan, Eron atrofidagi voqealar Shimoliy Atlantika alyansi mudofaasidagi zaif nuqtalarni ochib berdi. Bu haqda Politico nashri tahliliy maqola e’lon qildi.
Nashrning yozishicha, NATO Irondagi AQSH-Isroil urushidan masofa saqlashga harakat qilgan bo‘lsa-da, mazkur mojaro alyans ichidagi jiddiy ixtiloflarni yuzaga chiqardi. Xususan, Yevropa davlatlari Vashingtonning harbiy yordam ko‘rsatish haqidagi talablarini e’tiborsiz qoldirgan. Bu esa alyans a’zolari o‘rtasidagi «fikrlar xilma-xilligi»ni yanada chuqurlashtirgan.
Maqola mualliflariga ko‘ra, ushbu zaifliklar alyansning Rossiya bilan ehtimoliy qarama-qarshiligini sezilarli darajada murakkablashtirishi mumkin. Vaholanki, rasmiy Moskva bir necha bor NATO davlatlariga hujum qilish niyati yo‘qligini ta’kidlab kelayotgan bo‘lsa-da, alyans ichidagi muvofiqlikning yo‘qligi uning mudofaa qobiliyatiga shubha uyg‘otmoqda.