Eron AQShning Hormuz bo‘g‘ozini boshqarishga aralashishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bu haqda Eron Qurolli Kuchlari markaziy shtab-kvartirasi Xatam al-Anbiya bayonotida aytilgan.
Unda AQSh o‘z majburiyatlariga zid ravishda Eronning janubiga zarbalar bergani ta’kidlangan.
"Eron Islom Respublikasi Qurolli Kuchlari Amerika tajovuziga qattiq javob qaytaradi va hech qanday holatda ularning Hormuz bo‘g‘ozi ishlari va boshqaruviga aralashishiga yo‘l qo‘ymaydi", deyiladi bayonotda.
Shuningdek, savdo kemalari va neft tankerlari uchun Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishning yagona xavfsiz yo‘li Tehron tomonidan belgilangan yo‘nalish ekanligi ta’kidlangan.