Eron rasmiylari Qo‘shma Shtatlarga mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash uchun shartlar qo‘ydi.
Bu haqda Fars axborot agentligi xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, shartlar barcha jabhalarda, xususan, Livanda urushni tugatish, Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilish, muzlatilgan Eron aktivlarini ozod qilish, urush natijasida yetkazilgan zararni qoplash va Eronning Hormuz bo‘g‘ozi ustidan suverenitetini tan olishni o‘z ichiga oladi.
Manbaning ta’kidlashicha, bu shartlar faqat minimal ishonch darajasini o‘rnatish va muzokara jarayoniga qaytish uchun qo‘yilgan.
Shuningdek, Eron Pokiston vositachisiga sulhdan keyin Arab dengizi va Ummon ko‘rfazida dengiz blokadasining davom etishi Qo‘shma Shtatlar bilan muzokaralarda ishonchsizlikni yanada kuchaytirishi haqida xabar bergani ta’kidlangan.