Reuters agentligining manbalariga tayanib xabar berishicha, Eron Qatardagi ob’ektlarga beriladigan zarbalardan bir necha soat oldin Qo‘shma Shtatlarni ikki diplomatik kanal orqali ogohlantirgan.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Tehron Doxani ham bo‘lajak hujumlar haqida xabardor qilgan.
2020 yilda Eron general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilganda ham, Vashingtonni Qo‘shma Shtatlarning Iroqdagi bazasiga uyushtiriladigan raketa hujumlari haqida oldindan ogohlantirgan edi.
Tehron javob hujumida AQSh harbiy bazasiga zarba bergan, biroq barcha harbiy xizmatchilar oldindan xavfsiz joyga ko‘chirilgani sababli birorta ham amerikalik halok bo‘lmagan.