Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Eron AQSh ustidan FIFAga shikoyat qildi

A A A
Eron AQSh ustidan FIFAga shikoyat qildi

Eron futbol federasiyasi AQSh ustidan FIFAga shikoyat qildi. Bunga Amerika ijtimoiy tarmoqlarida Eron bayrog‘idan “Alloh” so‘zining olib tashlanishi sabab bo‘lgan.

“AQSh futbol federasiyasi Instagram sahifasida Eron bayrog‘idan Alloh so‘zini olib tashlab, noprofessional harakat qildi. Shu munosabat bilan Eron futbol federasiyasi FIFAga AQShga qarshi jiddiy chora ko‘rishini so‘rab maktub jo‘natdi”, – deyiladi IRNA agentligi xabarida.

AQSh va Eron 1980 yilda diplomatik munosabatlarni uzgan.

Amerika futbol federasiyasi yuqoridagi harakatni “Erondagi inson huquqlari uchun kurashayotgan ayollar” bilan birdamlik ramzi sifatida amalga oshirgan.

Eron Islom Respublikasi bayrog‘i o‘rtasida “Alloh” so‘zi yozilgan. Ammo AQSh futbol federasiyasi Instagram sahifasida esa faqatgina uchta rang — yashil, oq va qizil rangli bayroq ko‘rsatilgan. Keyinchalik Twitter’da bu to‘g‘rilab qo‘yilgan bo‘lsa, Facebook va Instagram sahifalaridan post o‘chirib tashlangan.

Eronning Tasnim axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh bu harakatlari uchun FIFA nizomiga muvofiq 10 ta o‘yindan chetlatilishi kerak.

AQSH-Eron jamoalari 1998 yilda ham JChda to‘qnash kelgan. O‘shanda bu o‘yinda eronliklar 2-1 hisobda g‘alaba qozongan. Shuningdek, ular amerikalik o‘yinchilarga tinchlik ramzi bo‘lgan oq atirgul sovg‘a qilishgandi.

Kiritildi: 21:23 28.11.2022. O'qildi: 4028 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!