Microsoft Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ayrim guruhlar AQSh saylovlariga ta’sir o‘tkazish uchun kiberfaoliyatini kuchaytirganini bildirdi.
Microsoft tahdidlarni tahlil qilish markazi AQShda 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga qaratilgan kiberhujumlar haqida hisobot e’lon qildi.
Hisobotda aytilishicha, Eron AQShdagi saylovlar vaqtida «kibermakondan ta’sir qilish amaliyotlarini» amalga oshirgan.
Hujjatda qayd etilishicha, ba’zi Eron guruhlari hukumat amaldorlarining elektron pochta akkauntlariga kiberhujumlar uyushtirgan.
Hisobotda aytilishicha, Islom inqilobi muhofizlari korpusiga aloqador guruh iyun oyida maxfiy ma’lumotlarni yig‘ish uchun «prezidentlik kampaniyasida ishtirok etgan yuqori lavozimli amaldorni» nishonga olgan.
Hisobotda, shuningdek, Eron guruhi «qutblanishni kuchaytirish» maqsadida AQShda joylashgan ikki siyosiy guruh uchun axborot saytlari bo‘lib ko‘ringan veb-saytlar yaratgani aniqlangan.