Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Eron AQSh bilan muzokaralardan so‘ng uranni boyitish darajasini “qayta ko‘rib chiqishga” rozi bo‘ldi

Eron AQSh bilan muzokaralardan so‘ng uranni boyitish darajasini “qayta ko‘rib chiqishga” rozi bo‘ldi

Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ummonda o‘tgan yadroviy bitim bo‘yicha navbatdagi muzokaralardan so‘ng tomonlarning pozisiyalari bir-biriga yaqinlashgan.

"Muzokaralar avvalgilariga qaraganda jiddiyroq bo‘ldi. Shu sababli, Eron Qo‘shma Shtatlar bilan ishonchni mustahkamlash maqsadida uranni boyitish darajasini qayta ko‘rib chiqadi", — deya aniqlik kiritdi Aroqchi.

Xabar berilishicha, Eron va AQSh o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar taxminan bir hafta ichida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 21:21 11.05.2025. O'qildi: 570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!